POP3 bitta kompyuter uchun mo‘lallangan: xatlar serverdan foydalanuvchiga ko‘chiriladi, server esa faqat vaqtincha ombor vazifasini o‘taydi. Shuning uchun protokol juda oddiy, lekin bir nechta qurilmadan foydalanishga yaramaydi.
Seans qanday o‘tadi
| Holat | Nima bo‘ladi |
|---|---|
| AUTHORIZATION | server salomlashadi, klient USER va PASS buyruqlari bilan kiradi |
| TRANSACTION | STAT, LIST, RETR (yuklab olish), DELE (o‘chirish uchun belgilash) buyruqlari |
| UPDATE | QUIT buyrug‘idan keyin server belgilangan xatlarni o‘chiradi va ulanishni yopadi |
O‘chirish faqat seans to‘g‘ri tugagandagina bo‘ladi: ulanish uzilsa, xatlar serverda qoladi. Ko‘p klientlar nusxani serverda bir nechta kun saqlay oladi, lekin POP3’da papkalar, bayroqlar va serverda qidiruv yo‘q.
Portlar va standart
Spetsifikatsiya — RFC 1939 (1996-yil may, mualliflari Dj. Mayers va M. Rouz, STD 53). Server 110-portni (shifrlash STLS orqali) yoki TLS darhol yoqiladigan 995-portni tinglaydi; RFC 8314 ikkinchi variantni tavsiya etadi. Yangi o‘rnatishlar uchun odatda IMAP tanlanadi, POP3 esa eski klientlar va oddiy holatlar uchun qoldiriladi, masalan skript bilan pochta yig‘ish uchun.
Manbalar
atama shu sahifalar asosida yozilgan18-noy tekshirildi