TypeScript nima va qanday ishlaydi
TypeScript — JavaScript’ga statik tiplashtirish (static typing) qo‘shadigan dasturlash tili: qiymatlar tiplari dastur ishga tushguncha tekshiriladi. tsc kompilyatori xatolarni topadi va tiplari olib tashlangan oddiy JavaScript kodini chiqaradi.
TypeScript kod kattalashib, uni bir nechta odam tahrir qiladigan joyda kerak bo‘ladi. Tekshiruv xossa nomlaridagi imlo xatolarini, noto‘g‘ri argumentlarni va unutilgan nullni tutadi, muharrir esa shu tiplar asosida metodlarni taklif qiladi va ular ishlatilgan barcha joylarni topadi. Har qanday ishlaydigan JavaScript kodi sintaksis jihatdan TypeScript hamdir, shuning uchun loyihani fayl-ma-fayl ko‘chirishadi. TypeScript ma’lumotlarni dastur ishlayotganda tekshirmaydi va kodning xatti-harakatini o‘zgartirmaydi: API javobi yoki foydalanuvchi kiritg‘anini oldingiday kod bilan tekshirasiz.
Kompilyator ikki mustaqil vazifani bajaradi. U tiplarni tekshiradi va xatolarni chop etadi, keyin esa annotatsiyalarni olib tashlaydi (type erasure) va .js fayl chiqaradi. Standart holatda tekshiruv xatolari fayllar chiqarilishiga xalaqit bermaydi: shuning uchun TypeScript’ga o‘tkazilayotgan kod ishlashda davom etadi. Node.js va bundler’lar faqat tiplarni olib tashlaydi, shuning uchun kodni ular ishga tushiradigan loyihalarda tekshiruv alohida ishga tushiriladi: npx tsc --noEmit.
app.js chiqarilishini to‘xtatishi uchun noEmitOnError opsiyasini yoqing.Kompilyatsiyadan keyin nima qoladi
Annotatsiyalar nomdan keyin ikki nuqta bilan yoziladi. tsc chiqarg‘an kodda ular yo‘q: interfeys butunlay yo‘qoladi, funksiya kodi esa oldingiday qoladi.
interface User { name: string; id: number;} export function greet(user: User): string { return `Salom, ${user.name}!`;} console.log(greet({ name: "Aziza", id: 1 }));export function greet(user) { return `Salom, ${user.name}!`;}console.log(greet({ name: "Aziza", id: 1 }));Strukturaviy tiplashtirish
Tiplarning mosligi tip nomi bilan emas, qiymatning shakli bilan aniqlanadi (structural typing). Obyektda kerakli tipdagi x va y maydonlari bo‘lsa, u Point kutilgan joyga mos keladi; ortiqcha maydonlar xalaqit bermaydi. Istisno — qiymat o‘rnida bevosita yozilgan obyekt literali: undagi ortiqcha maydon imlo xatosi hisoblanadi.
interface Point { x: number; y: number;} function show(p: Point): string { return `${p.x}, ${p.y}`;} const marker = { x: 12, y: 26, label: "A" };console.log(show(marker)); // TS2353 xatosi: Point tipida label xossasi yöq// const corner: Point = { x: 0, y: 0, label: "B" };12, 26tsc Node.js va transpiler’lardan nimasi bilan farq qiladi
| Belgi | tsc | Node.js | Babel, swc, Sucrase |
|---|---|---|---|
| Tiplarni tekshiradi | ha | yo‘q | yo‘q |
.ts fayl bilan nima qiladi | .js chiqaradi | tiplarni probellar bilan almashtiradi va darhol bajaradi | .js chiqaradi |
| Cheklovlar | yo‘q | faqat olib tashlanadigan sintaksis: enum va kodli namespace yo‘q | fayllar bittadan ishlanadi: tscda isolatedModules opsiyasini yoqing |
Shunday tanlang: tiplarni doim tsc tekshiradi, kodni bajarishni yoki yig‘ishni esa Node.js va transpiler’lar qila oladi — ular tekshirmagani uchun tezroq ishlaydi. Loyihada .js faylni tsc chiqarmasa, CI’ga npx tsc --noEmit qo‘shing, aks holda tip xatolarini hech kim ko‘rmaydi.
Oldindan nimani bilishingiz kerak
- JavaScript tili: funksiyalar, obyektlar, klasslar, modullar va promislar — JavaScript ma’lumotnomasi. TypeScript ularning xatti-harakatini o‘zgartirmaydi, faqat tiplarni tavsiflaydi.
- Node.js va npm: o‘rnatish,
package.json, skriptlarni ishga tushirish — Node.js ma’lumotnomasi. - Buyruq qatori: kataloglar, buyruqlarni ishga tushirish, muhit o‘zgaruvchilari — Bash ma’lumotnomasi.
Bo‘lim manbalari
bo‘lim shu sahifalar asosida yozilgan- TypeScript for JavaScript Programmerstypescriptlang.org/docs/handbook/typescript-in-5-minutes.html(yangi oynada ochiladi)
- TypeScript for the New Programmertypescriptlang.org/docs/handbook/typescript-from-scratch.html(yangi oynada ochiladi)
- The Basicstypescriptlang.org/docs/handbook/2/basic-types.html(yangi oynada ochiladi)
- Modules: TypeScriptnodejs.org/docs/latest-v26.x/api/typescript.html(yangi oynada ochiladi)
- How to set up TypeScripttypescriptlang.org/download/(yangi oynada ochiladi)