Brauzer sahifadagi skriptga boşqa domen, port yoki sxemadan kelgan javoblarni öqiş imkonini bermaydi — şu tariqa foydalanuvçilar ma’lumotini himoya qiladi. CORS — Fetch standartida kelişilgan, bu taqiqni yumşatiş usuli: qaysi sörovlar ruxsat etilganini serverning özi sanab ötadi, brauzer esa bunga rioya qilinişini nazorat qiladi.
Qanday işlaydi
Brauzer kross-domen sörovga Origin sarlavhasini qöşadi, unda sahifaning sxemasi, domeni va porti körsatiladi. Server Access-Control-Allow-Origin sarlavhasi bilan javob beradi: u * yoki aniq bir manba bölişi mumkin. Ruxsat yöq yoki mos kelmasa, brauzer skriptga javobni öqitmaydi.
| Sarlavha | Kim yuboradi | Nima uçun |
|---|---|---|
Origin | brauzer | sahifa manbai; har bir CORS sörovida bor |
Access-Control-Allow-Origin | server | ruxsat etilgan manba yoki * |
Access-Control-Allow-Methods, Allow-Headers | server | sörovning ruxsat etilgan metodlari va sarlavhalari |
Access-Control-Allow-Credentials | server | cookie bilan sörovga ruxsat beradi; bunda * bölmaydi |
Access-Control-Expose-Headers | server | javobning qaysi sarlavhalarini skript öqiy oladi |
Access-Control-Max-Age | server | dastlabki sörovga javob neça soniya keşda saqlanadi |
Dastlabki sörov
Ma’lumotni özgartirişi mumkin bölgan sörovdan oldin brauzer avval ruxsat sörab oladi: OPTIONS yuboradi — bu dastlabki sörov. U GET, HEAD va POST metodlaridan boşqa metodlar, nostandart sarlavhalar hamda Content-Type qiymati application/x-www-form-urlencoded, multipart/form-data va text/plain qiymatlaridan boşqa bölgan hollarda kerak.
OPTIONS /api/profile HTTP/1.1Origin: https://app.example.comAccess-Control-Request-Method: PUTAccess-Control-Request-Headers: Content-Type HTTP/1.1 204 No ContentAccess-Control-Allow-Origin: https://app.example.comAccess-Control-Allow-Methods: PUT, DELETEAccess-Control-Allow-Headers: Content-TypeAccess-Control-Max-Age: 86400Server ruxsat bersa, brauzer haqiqiy sörovni yuboradi. Ruxsat etilgan metodlar va sarlavhalar neça soniya esda saqlanişini Access-Control-Max-Age körsatadi. Standart holatda ular 5 soniya saqlanadi, yuqoridagi misolda esa 86400 soniya (bir keça-kunduz) berilgan, biroq har bir brauzerning özi qöygan çegarasi bor.
Bunda nimani esda tutiş kerak
- CORS’ni server emas, brauzer tekşiradi:
curlva server klientlari xuddi şunday sörovlarni erkin yuboradi. Demak, bu serverni hujumlardan himoya qilmaydi, sahifa skriptlari uçun qoidadir. Access-Control-Allow-Credentials: truebölganda*yozib bölmaydi: aniq manba kerak, aks holda brauzer javobni rad etadi.- Oddiy sörovlarni brauzer dastlabki sörovsiz yuboradi — buni HTML forma ham yubora olardi. Şuning uçun server bunday sörovlardan CSRF’ga qarşi vositalar bilan himoyalanadi.
- Brauzer konsolidagi CORS xatosi köpinça server ruxsat yubormaganini bildiradi. Uni server sozlamasini tuzatiş yoki öz domendagi teskari proksi bilan hal qilinadi.
Manbalar
atama şu sahifalar asosida yozilgan9-noy tekşirildi