Saqlanganlar

Serversiz arxitektura

serverless

Kodni bajariş modeli: bulut provayderi har bir hodisa uçun hisoblaş resurslarini özi ajratadi va qaytarib oladi, foydalanuvçi esa faqat haqiqiy işlaş vaqti uçun töladi.

Boşqa nomlari: serversiz hisoblaş, serverless computing, FaaS, Function as a Service

8-noy tekşirilgan

Barça atamalar

«Serverless» «serversiz» degani emas: serverlar bor, lekin ularni provayder boşqaradi. Dasturçi kodni yuklaydi va uni hodisalarga obuna qiladi — HTTP sörovi, navbatdagi xabar, omborga tuşgan fayl. Işga tuşiriş, masştablaş va xizmat körsatişni esa provayderning özi bajaradi.

Bu qanday tuzilgan

Serverless’ning asosiy şakli — funksiyalar, FaaS: AWS Lambda, Azure Functions, Google Cloud Run functions. Modelga yana boşqariladigan ma’lumotlar bazalari va omborlar ham kiradi: ular xuddi şunday, foydalaniş böyiça çaqiriladi va tölanadi.

TomonNima uçun javob beradi
Dasturçifunksiya kodi: bitta hodisani qayta işlaş mantiqi, boğliqliklar, xotira va vaqt çegaralari
Provayderserverlar, muhitlarni işga tuşiriş va qayta işlatiş, masştablaş, operatsion tizim yamoqlari
Triggerhodisa manbai: HTTP-şlyuz, navbat, rejalaştiruvçi, ombordagi özgariş

Provayder tayyor bajariş muhitlari töplamini saqlaydi. Funksiya uçun muhit allaqaçon kötarilgan bölsa, çaqiruv tez ötadi («issiq start»); aks holda muhit yangidan yaratiladi — bu sovuq start (cold start): u keçikiş qöşadi va uning uçun ham tölanadi. AWS Lambda hujjatlariga köra, sovuq startlar çaqiruvlarning 1 foizidan kamiga ta’sir qiladi, uning davomiyligi 100 ms dan kam bölişi ham, bir soniyadan oşişi ham mumkin. Keçikiş oldindan ma’lum bölişi uçun muhitlarni oldindan qizdirib qöyiş mumkin (provisioned concurrency).

Tölov va masştablaş

  • çaqiruvlar va işlaş vaqti uçun tölanadi: AWS Lambda’da sörovlar soni va gigabayt-soniyalar (xotira × vaqt); bekor turişda — nol
  • noldan masştablaş: hodisalar bölmasa nusxalar umuman yöq, yuk oşsa provayder ularni özi kötaradi
  • çegaralar provayderga boğliq: AWS Lambda’da xotira 128 MB’dan 10 240 MB gaça, 1 769 MB bir vCPU beradi, çaqiruv standart holatda 15 daqiqagaça
  • uzoq vazifalar bitta funksiyaga joylaşmaydi — ular çaqiruvlar zanjiri yoki orkestrator bilan qadamlarga bölinadi

Misol: yuklangan rasmlar uçun kiçik nusxalar

Foydalanuvçi faylni obyekt omboriga qöyadi — provayder funksiyani çaqiradi va unga obyekt manzilini beradi. Funksiya 200×200 kiçik nusxa yaratadi va uni yoniga saqlaydi. Tungi 10 000 faylli oqimni parallel çaqiruvlar tugatadi, kunduzi yuk nol bölganda esa tölaş kerak emas.

Manbalar

atama şu sahifalar asosida yozilgan

8-noy tekşirildi

Adaştirmang

nima bilan adaştiriladi va farqi nimada

  • PaaSxizmat sifatida platforma

    PaaS’da ilova doimiy işlab turadi va trafik bölmasa ham ajratilgan resurslar uçun töladi.

  • mikroxizmatlar

    Mikroxizmatlar — tizimni xizmatlarga bölişning usuli; serverless esa kodni işga tuşiriş va uning uçun tölaş modeli.

Ma’lumotnomalarda batafsil

mavzu çuqur körib çiqilgan joylar