anna@example.net manziliga xat yuborishda yuboruvchi server DNS’dan example.net domenining MX yozuvlarini so‘raydi va pochta serverlarining nomlarini oladi. Bu yozuvlar bo‘lmasa, yuboruvchi domenning o‘zi manziliga (A yoki AAAA yozuviga) murojaat qilib ko‘radi.
Yozuv qanday ko‘rinadi
example.net. 3600 IN MX 10 mx1.example.net.example.net. 3600 IN MX 20 mx2.example.net.| Maydon | Ma’nosi |
|---|---|
| Ustuvorlik (preference) | raqam: kichik qiymat afzalroq; raqami bir xil serverlar tasodifiy tartibda tanlanadi |
| Server nomi | A yoki AAAA yozuvi bor xostning nomi |
Qoidalar
Yuboruvchi serverlarni raqami o‘sish tartibida sinab ko‘radi; birinchisi javob bermasa, keyingisiga o‘tadi (RFC 5321, 5-bo‘lim). Server nomi taxallus bo‘lmasligi kerak (CNAME, RFC 2181). Domenda MX bo‘lmasa-yu, A yoki AAAA yozuvi bo‘lsa, u 0 ustuvorlikdagi yashirin MX vazifasini bajaradi. Pochta qabul qilmaydigan domen «nol MX» e’lon qiladi — bitta 0 . yozuvini (RFC 7505).
MX yozuvi faqat «pochta qayerga yetkazilsin» degan so‘rovga javob beradi. U yuboruvchining haqiqiyligini tekshirmaydi: buning uchun SPF, DKIM va DMARC xizmat qiladi. Pochta serveri boshqa domenda bo‘lishi mumkin, shuning uchun MX ko‘pincha xosting yoki bulutli pochta xizmatining nomini ko‘rsatadi.
Manbalar
atama shu sahifalar asosida yozilgan9-noy tekshirildi