Saqlanganlar

SPF — yuboruvchilar siyosati SPF

Sender Policy Framework

Domenning DNS’dagi TXT yozuvi: unda shu domen nomidan pochta yuborishga ruxsat berilgan serverlar sanab o‘tiladi.

Boshqa nomlari: SPF yozuvi, SPF-yozuv

9-noy tekshirilgan

Barcha atamalar

Elektron pochta protokoli xat yuboruvchisining manzilida kim ko‘rsatilganini tekshirmaydi, shuning uchun xatni boshqa domen nomidan yuborish mumkin. SPF domen egasiga ruxsat berilgan yuboruvchilar ro‘yxatini oldindan e’lon qilishga, qabul qiluvchi serverga esa xat kelgan IP manzilni shu ro‘yxat bilan solishtirishga imkon beradi.

Tekshiruv qanday ishlaydi

Qabul qiluvchi konvertdagi (MAIL FROM) manzildan domenni oladi; manzil bo‘sh bo‘lsa, HELO/EHLO salomlashuvidagi domenni oladi. So‘ng shu domenning TXT yozuvini so‘raydi va undan v=spf1 bilan boshlanadigan satrni izlaydi. Keyin direktivalarni chapdan ongga qarab ko‘radi — biri xat yuborgan serverning manziliga mos kelguncha. Natijani direktiva oldidagi belgi (kvalifikator) belgilaydi; hechbiri mos kelmasa, standart holatdagi natija — neutral.

dns
example.com. IN TXT "v=spf1 mx ip4:203.0.113.25 include:_spf.relay.example ~all"
DirektivaNimaga ruxsat beradi
mxdomenning MX yozuvlarida ko‘rsatilgan serverlarga
ip4: va ip6:aniq bir manzilga yoki tarmoqqa
include:boshqa domenning SPF yozuvida sanalgan serverlarga, masalan, pochta xizmatining serverlariga
adomenning A yozuvidagi manzilga
allqolgan hamma serverlarga; oxirida turadi

Kvalifikatorlar va natija

BelgiNatijaMa’nosi
+ (standart holatda)passserverga ruxsat berilgan
-failserverga ruxsat aniq berilmagan
~softfailserverga, ehtimol, ruxsat berilmagan
?neutralegasi hech narsani tasdiqlamaydi

Shuning uchun yozuv oxiridagi -all — qolgan hammaga qat’iy taqiq, ~all esa yumshoq taqiq. SPF xatni o‘zi rad etmaydi: tekshiruv natijasini qabul qiluvchi o‘z siyosatiga ko‘ra hisobga oladi, ko‘pincha DMARC bilan birga.

Cheklovlar

  • Yozuvni hisoblash uchun DNS’ga ko‘pi bilan 10 ta so‘rov berishga ruxsat etiladi (include, a, mx, ptr, exists, redirect); undan ko‘p bo‘lsa, permerror xatosi chiqadi va SPF ishlamay qoladi.
  • Domenda bitta v=spf1 yozuvi bo‘lishi kerak: ikkita yozuv ham permerror beradi.
  • Standart ptr direktivasini tavsiya etmaydi: u sekin va ishonchsiz.
  • SPF xatning ko‘rinadigan From maydonini emas, konvertni tekshiradi va xat qayta yuborilganda buziladi: qayta yuboruvchi serverning manzili asl yuboruvchining SPF yozuvida ko‘rsatilmagan.

Protokolning amaldagi versiyasi RFC 7208’da bayon etilgan (Scott Kitterman, 2014-yil aprel), u RFC 4408’ning o‘rnini egalladi.

Manbalar

atama shu sahifalar asosida yozilgan

9-noy tekshirildi

Adashtirmang

nima bilan adashtiriladi va farqi nimada

  • DKIMDKIM imzosi

    SPF yuboruvchi serverning IP manzilini tekshiradi, DKIM esa xatning o‘zini imzolaydi va bu imzo qayta yuborishga chidaydi.

  • DMARCDMARC siyosati

    DMARC o‘zi tekshirmaydi: u From maydonidagi domen SPF yoki DKIM’dan o‘tgan domen bilan mos kelishini talab qiladi va siyosatni belgilaydi.

Ma’lumotnomalarda batafsil

mavzu chuqur ko‘rib chiqilgan joylar